O‘SMIRLARNING IJTIMOIY MOSLASHUVIDA OILAVIY MUHIT VA IJTIMOIY OMILLARNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK AHAMIYATI
Article Information
Abstract
Mazkur maqolada o‘smirlik davrida ijtimoiy moslashuv
jarayonining psixologik-pedagogik xususiyatlari, oilaviy muhit hamda ijtimoiy
omillarning shaxs rivojlanishiga ta’siri tahlil etiladi. O‘smirlik davri shaxsning
o‘zligini anglash, mustaqil fikrlash, ijtimoiy munosabatlarga kirishish va hayotiy
qadriyatlarni shakllantirish jarayonida muhim bosqich hisoblanadi. Ushbu
davrda ota-ona va farzand o‘rtasidagi munosabatlar, oiladagi psixologik muhit,
tengdoshlar guruhi, ta’lim muassasasi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimlari
o‘smirning moslashuv imkoniyatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada
ijtimoiy moslashuvga ta’sir etuvchi asosiy omillar tizimlashtirilib, o‘smirlarning
ijtimoiy-psixologik rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan psixologikpedagogik yondashuvlar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.

