SUT MAHSULOTLARI TASHQI SAVDOSI VA ISHLAB CHIQARISH DINAMIKASI ASOSIDA TARMOQ RAQOBATBARDOSHLIGINI BAHOLASH: “YASHIL” IQTISODIYOT NUQTAI NAZARIDAN
Article Information
Abstract
Maqolada O‘zbekistonda sut ishlab chiqarish dinamikasi va
sut mahsulotlari tashqi savdosi asosida tarmoq raqobatbardoshligi baholangan.
Sut ishlab chiqarish o‘sishi sigirlar soni va mahsuldorlik omillariga ajratilgan,
2024-yil uchun bojxona ochiq ma’lumotlari bo‘yicha import qoplanishi
koeffitsiyenti, Grubel–Lloyd indeksi va birlik qiymatlari hisoblangan. Natijalar
2017-yildan keyin o‘sishning asosan sigirlar sonini ko‘paytirish hisobiga
ta’minlanganini, savdo qoplanishi 12,2 foiz bo‘lib, tarmoqlararo savdo
ustunligini va pishloq segmentida raqobat zaifligini ko‘rsatdi. “Yashil”
iqtisodiyot nuqtai nazaridan mahsuldorlikni oshirish, sut zardobini qayta ishlash
va energiya samaradorligiga asoslangan takliflar ishlab chiqilgan.

