GLOBAL MEHNAT BOZORINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Article Information
Abstract
Ushbu maqolada global mehnat bozorining bugungi kundagi
asosiy xususiyatlari va ularning O‘zbekistonga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot
Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT), Jahon iqtisodiy forumi, O‘zbekiston Markaziy
banki va boshqa rasmiy manbalar ma’lumotlarini taqqoslash va dinamik tahlil
qilish usullari asosida bajarilgan. Ishsizlik, norasmiy bandlik, mehnat
migratsiyasi, yoshlar bandligi hamda sun’iy intellektning ish o‘rinlariga ta’siri
tahlil qilingan. Natijalar dunyoda ishsizlik barqaror bo‘lsa-da, asosiy muammo
ish o‘rinlarining sifati ekanini ko‘rsatdi. O‘zbekistonda ishsizlik 4,9 foizgacha
kamaygan, ammo mehnat bozori pul o‘tkazmalariga kuchli bog‘liq, sun’iy
intellekt esa birinchi navbatda ofis va BPO ishlarini o‘zgartirishi mumkin.
Mamlakat uchun amaliy takliflar berilgan

