CAD/CAM TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA TAYYORLANGAN TISH RESTAVRATSIYALARINING KLINIK SAMARADORLIGI
Article Information
Abstract
Ushbu tezisda CAD/CAM (kompyuter yordamida loyihalash
va ishlab chiqarish) texnologiyalari asosida tayyorlanadigan tish
restavratsiyalarining klinik samaradorligi, qo‘llaniladigan materiallar, raqamli
ishlab chiqarish bosqichlari hamda natijaga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi.
Ilmiy adabiyotlar ma’lumotlari CAD/CAM restavratsiyalarining yuqori aniqlik,
estetik ko‘rsatkichlar va davolash jarayonini optimallashtirish imkoniyatlarini
ko‘rsatadi. Shu bilan birga, uzoq muddatli natija material tanlovi, klinik
protokolga rioya qilish, okklyuzion yuklama va bemorning og‘iz gigiyenasiga
bog‘liq.
Keywords
CAD/CAM, raqamli stomatologiya, tish restavratsiyasi, keramika, klinik samaradorlik, marginal moslashuv.

