YURIDIK SHAXSLARNING TRANSCHEGARAVIY QAYTA TASHKIL ETILISHINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH

Article Information

Download PDF

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada yuridik shaxslarning transchegaraviy
qayta tashkil etilishi institutining korporativ va xalqaro xususiy huquqdagi
nazariy-huquqiy tabiati, shuningdek uning qo‘shib yuborish, qo‘shib olish,
bo‘lish va transchegaraviy konversiya (redomitsilyatsiya) shakllari tahlil
qilingan. Tadqiqotda turli davlatlarning shaxsiy qonunlari (lex societatis) —
inkorporatsiya va o‘troqlik nazariyalari o‘rtasidagi kollizion ziddiyatlar hamda
ularning universal huquqiy vorislikka ta’siri ochib berilgan. O‘zbekiston
Respublikasining Fuqarolik kodeksi va korporativ qonunchiligidagi normativ
bo‘shliqlar tahlil qilinib, Yevropa Ittifoqining 2019/2121-sonli Mobillik
direktivasi asosida kreditorlar va minoritar aksiyadorlar huquqlarini himoya
qilish mexanizmlari qiyosiy o‘rganilgan. Yakunda milliy qonunchilikka
transchegaraviy qayta tashkil etish normalarini implementatsiya qilishga
qaratilgan aniq takliflar ilgari surilgan.

Keywords

transchegaraviy qayta tashkil etish, lex societatis, inkorporatsiya nazariyasi, o‘troqlik nazariyasi, universal huquqiy vorislik, redomitsilyatsiya, transchegaraviy konversiya, korporativ mobillik.