CHIKAGO MAKTABINING SOTSIOLOGIYA TARIXIDA TUTGAN O‘RNI

Volume: 1 (2026)
Authors: Aliyeva Dilafruz Baxtiyor qizi
Keywords: Chikago maktabi, shahar sotsiologiyasi, empirik tadqiqot, ijtimoiy ekologiya, ramziy interaksionizm, ijtimoiy muhit, ijtimoiy kuzatuv.
Article Type: Research Article
Article Number: 122-128
Published: May 4, 2026

Abstract

Ushbu maqolada Chikago maktabi ning sotsiologiya tarixida tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Mazkur ilmiy yo‘nalish XX asr boshlarida Chikago shahri da shakllanib, jamiyatni empirik tadqiqotlar asosida o‘rganishga alohida e’tibor qaratgan. Ushbu yondashuvga ko‘ra, ijtimoiy jarayonlar real hayot muhitida ¬ ayniqsa shahar hayotida ¬ kuzatish, suhbat va dala tadqiqotlari orqali tahlil qilinadi. Maqolada maktabning asosiy g‘oyalari, jumladan, shahar ekologiyasi, ijtimoiy muhit ta’siri va ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi munosabatlar ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, Robert Park, Ernest Burgess va Herbert Blumer kabi olimlarning ilmiy qarashlari va ularning sotsiologiya faniga qo‘shgan hissasi ko‘rib chiqilgan. Natijada Chikago maktabi sotsiologiyada empirik yondashuvni rivojlantirgan, shahar sotsiologiyasi va ramziy interaksionizm kabi yo‘nalishlarning shakllanishiga asos bo‘lgan muhim ilmiy maktab sifatida baholanadi.

Full Text