ERVING GOFFMAN DRAMATURGIYASI
Abstract
Ushbu maqolada Erving Goffman tomonidan ishlab chiqilgan dramaturgik yondashuv mohiyati, uning jamiyatdagi ijtimoiy xulq-atvorni tushuntirishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Dramaturgiya nazariyasi insonlarning kundalik hayotdagi o‘zini tutish usullarini sahna ko‘rinishi bilan taqqoslab, ularning ijtimoiy rollarni qanday ijro etishini yoritadi. Maqolada asosiy tushunchalar — “old sahna”, “orqa sahna”, “rol ijrosi” va “imijni boshqarish” kabi kategoriyalar keng ochib berilgan. Maqolaning asosiy e’tibori Goffman nazariyasining zamonaviy jamiyatdagi ijtimoiy bilim, media, kasbiy hamda shaxsiy munosabatlar tahliliga qanday qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘ladi.

