G.BLUMERNING RAMZIY INTERAKSIONIZMI

Volume: 1 (2026)
Authors: Ismatullayeva Maftuna Farhodjon qizi
Keywords: Ramziy interaksionizm, G. H. Blumer, ijtimoiy interaksiya, ma’no va ramzlar, sotsiologik nazariya, interpretatsiya, mikro sotsiologiya.
Article Type: Research Article
Article Number: 144-150
Published: May 4, 2026

Abstract

Ushbu maqolada G. H. Blumer tomonidan ishlab chiqilgan ramziy interaksionizm nazariyasi tahlil qilinadi. Mazkur yondashuvga ko‘ra, insonlar atrofdagi dunyoni bevosita emas, balki ramzlar va ma’nolar orqali anglaydi hamda o‘zaro ijtimoiy muloqot jarayonida bu ma’nolarni shakllantiradi. Maqolada nazariyaning asosiy uch tamoyili — narsalarga ma’no berish, ma’nolarning ijtimoiy interaksiya orqali yuzaga kelishi va ularning interpretatsiya jarayonida o‘zgarishi — ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, Blumer g‘oyalarining sotsiologiya fanidagi o‘rni, uning ijobiy jihatlari va tanqidiy yondashuvlar ham ko‘rib chiqilgan. Natijada ramziy interaksionizm jamiyatni dinamik ma’no tizimi sifatida tushuntirishi aniqlangan.

Full Text