HARBIY SOTSIOLOGIYANING VUJUDGA KELISHI
Abstract
Ushbu maqolada harbiy sotsiologiyaning vujudga kelishi, shakllanish bosqichlari va rivojlanish omillari tahlil qilinadi. Harbiy sotsiologiya jamiyat va harbiy tizim o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganuvchi muhim ilmiy yo‘nalish sifatida qaraladi. Maqolada ushbu sohaning paydo bo‘lishiga ta’sir etgan tarixiy jarayonlar, xususan urushlar, ijtimoiy o‘zgarishlar va davlatlarning harbiy siyosati asosiy omillar sifatida yoritiladi. Shuningdek, harbiy sotsiologiyaning XX asrda, ayniqsa, jahon urushlaridan keyingi davrda jadal rivojlanganligi, ilmiy tadqiqotlarning kengaygani va amaliy ahamiyati ortgani ko‘rsatib o‘tiladi. Maqola davomida harbiy sotsiologiyaning asosiy vazifalari, yo‘nalishlari hamda zamonaviy jamiyatdagi o‘rni haqida xulosalar beriladi.

