QUYOSH FOTOELEKTR TIZIMLARINING ELEKTR TA’MINOT TARMOG‘IDA ELEKTR ENERGIYA SIFATI KO‘RSATKICHLARI

Volume: 1 (2026)
Authors: Boixanov Zailobiddin Urazali oʻgʻli, Raximberdiyev Sardorbek Alijon oʻgʻli
Keywords: Quyosh fotoelektr tizimi, elektr energiyasi sifati, elektr ta’minot tarmog‘i, garmonik buzilishlar, THD, inverter, kuchlanish barqarorligi.
Article Type: Research Article
Article Number: 7-14
Published: May 4, 2026

Abstract

Mazkur tadqiqot elektr ta’minot tarmog‘iga ulangan quyosh fotoelektr (QFT) tizimlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash va tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqotning maqsadi QFT tizimlarining energiya sifati parametrlariga, xususan kuchlanish barqarorligi, chastota o‘zgarishi, garmonik buzilishlar va umumiy garmonik buzilish koeffitsienti (THD) ga ta’sirini ilmiy asosda baholashdan iborat. Tadqiqot metodologiyasi nazariy tahlil, amaliy o‘lchovlar va kompyuter modellashtirish usullarini o‘z ichiga oladi. Eksperimental qismda 10 kV past kuchlanishli tarmoqqa ulangan 5–50 kW quvvatdagi QFT tizimlarida kuchlanish, chastota va garmonik buzilish ko‘rsatkichlari o‘lchandi. O‘lchov natijalari IEC va IEEE standartlariga muvofiq tahlil qilindi. Modellashtirish bosqichida inverterlarning tarmoqqa ta’siri matematik modellar yordamida o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, QFT tizimi ulangan holatda kuchlanish og‘ishi ±4,2 %, chastota og‘ishi ±0,06 Hz, THD_U 4,8 %, THD_I esa 11,2 % ga yetgan. Ulangan tizimlarda 5-, 7- va 11-garmonik komponentlarning ustunligi aniqlangan. QFT tizimi ulanmagan holatda esa kuchlanish og‘ishi ±2,1 %, chastota og‘ishi ±0,04 Hz, THD_U 2,3 %, THD_I 6,5 % bo‘lgan. Natijalar amaliy tarmoqlar sharoitida energiya sifati parametrlarini aniqlash va optimallashtirish uchun ilmiy asos yaratadi. Olingan natijalar energiya sifati monitoringi, invertor texnologiyasi va filtrlar tanlovini yaxshilashga imkon beradi hamda elektr tarmoqlarida qayta tiklanuvchi manbalarni samarali integratsiya qilishda amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qiladi. Shu bilan birga, natijalar mavjud nazariy modellarni real sharoitda tasdiqlashga yordam beradi va kelajak tadqiqotlari uchun asos bo‘ladi.

Full Text