SAMARQAND VILOYATI AHOLISIDA HLA-DRB GENLARI POLIMORFIZMI XUSUSIYATLARI

Volume: 1 (2026)
Authors: Ziyadullaeva Gulrux
Keywords: HLA tizimi, HLA-DRB, allel polimorfizm, immunogenetika, populyatsion genetika.
Article Type: Research Article
Article Number: 23-28
Published: April 6, 2026

Abstract

Inson leykotsit antigenlari (HLA) tizimi yuqori darajadagi polimorfizmga ega bo‘lib, immun javobning shakllanishi, organizmning tashqi antigenlarga moslashuvi hamda ko‘plab autoimmun va yuqumli kasalliklarning patogenezida muhim o‘rin tutadi. Ushbu ish Samarqand viloyati sog‘lom aholisi orasida HLA-DRB genlari va ularning DRB3, DRB4 hamda DRB5 paraloglarining allelik tarkibini molekulyar-genetik usullar yordamida o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda bir etnik guruhga mansub 67 nafar sog‘lom shaxsdan olingan qon namunalari asosida PCR-SSP usuli yordamida genotiplash amalga oshirildi. Olingan natijalar HLA-DRB lokusining yuqori polimorfizmga ega ekanligini, allellar notekis taqsimlanganini va populyatsiyada geterozigotlik darajasi yuqori ekanini ko‘rsatdi. Mazkur ma’lumotlar Samarqand viloyati aholisi uchun etalon immunogenetik profil yaratish, transplantologiya, klinik immunologiya va populyatsion genetika sohalarida amaliy ahamiyatga ega.

Full Text