UZUN TUMANI HUDUDIDAGI TABIIY LANDSHAFTLAR VA ULARGA BOʻLAYOTGAN ANTROPOGEN TA’SIR
Abstract
Ushbu maqolada Surxondaryo viloyati Uzun tumanining o‘ziga xos tabiiy landshaftlari va ularning hozirgi holatiga inson faoliyati (antropogen omil) natijasida yetayotgan ta’sirlar tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida tumanning tog‘li, adir va tekislik landshaftlarining strukturaviy o‘zgarishlari, ayniqsa, Bobotog‘ va Hisor tizmalari etaklarida chorvachilik, dehqonchilik hamda urbanizatsiya jarayonlarining landshaftlar degradatsiyasiga ta’siri o‘rganilgan. Maqolada tabiiy majmualarning antropogen transformatsiyasi darajasi baholanib, hududning ekologik muvozanatini saqlash va landshaftlardan barqaror foydalanish bo‘yicha ilmiy takliflar ilgari surilgan.

