6-SINF MATEMATIKA DARSLARIDA FOIZLARGA DOIR MATNLI MASALALARNI YECHISHNING RATSIONAL USULLARINI OʻRGATISH METODIKASI
Article Information
Abstract
Maqolada 6-sinf oʻquvchilariga foizlarga doir matnli
masalalarni yechishning ratsional usullarini oʻrgatish metodikasi yoritilgan.
PISA-2022 va TIMSS-2023 xalqaro baholash dasturlarining Oʻzbekiston
boʻyicha natijalari asosida oʻquvchilarning proporsional fikrlash va foizli
hisoblashlardagi qiyinchiliklari tahlil qilingan. Foizni oddiy kasrga almashtirish,
oʻzgarish koeffitsiyenti, kesma modeli, foizlarni boʻlaklash va kommutativlik
xossasiga tayanuvchi olti ratsional usul tizimlashtirilib, ularni oʻrgatishning toʻrt
bosqichli modeli taklif etilgan. Tajriba-sinov ishlarida (n=114) tajriba
guruhining yakuniy oʻrtacha bali 14,26 ga, nazorat guruhiniki 11,32 ga teng
boʻldi (t=5,19; p<0,001; d=0,97).
Keywords
foiz, matnli masala, ratsional usul, proporsional fikrlash, kesma modeli, oʻzgarish koeffitsiyenti, 6-sinf, matematika oʻqitish metodikasi.

