ANOR PO‘STLOG‘IDAGI BIOLOGIK FAOL MODDALARNING BIOTEXNOLOGIYADAGI AHAMIYATI

Article Information

Download PDF

Abstract

Maqolada anor (Punica granatum L.) po‘stlog‘ida to‘planadigan
biologik faol moddalarning biotexnologik jarayonlardagi o‘rni tahlil qilingan.
Po‘stloq ellagitanninlar, ellag kislotasi, flavonoidlar va pektinga boy bo‘lib,
mikrobiologik fermentatsiya, ferment yordamida ekstraksiya, yashil sintez usulida
nanozarrachalar olish, biopolimer plyonkalar yaratish va bioenergetika sohalarida
qimmatli substrat hisoblanadi. Adabiyotlar tahlili asosida po‘stloqni biotexnologik
qayta ishlashning asosiy yo‘nalishlari, afzalliklari va hal etilmagan muammolari
yoritilgan.

Keywords

anor po‘stlog‘i, biotexnologiya, fermentatsiya, tannaza, ellag kislotasi, urolitinlar, nanozarrachalar, biopolimerlar.