BACILLUS THURINGIENSIS K-7 NING YASHIL ATIRGUL SHIRASINI MACROSIPHUM ROSAE L. BIONAZORATIDA QO’LLANILISHI ISTIQBOLLARI

Article Information

Download PDF

Abstract

Bacillus thuringiensis K-7 yangi shtammi asosida ishlab
chiqilgan bioinsektitsidning Yashil atirgul shirasi (Macrosiphum rosae L.) ga qarshi
biologik samaradorligi o‘rganildi. Atirgul o‘simligiga zarar yetkazuvchi mazkur
fitofag zararkunanda o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi va dekorativ sifatiga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi. Kimyoviy insektitsidlardan uzoq muddat va muntazam foydalanish
zararkunandalarda chidamlilik shakllanishi hamda atrof-muhitga va aholisiga
salbiy ta’sirlar yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu munosabat bilan,
biologik himoya vositalarini ishlab chiqish va ularning samaradorligini baholash
dolzarb ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Bacillus thuringiensis K-7 yangi
shtammining bioinsektitsid sifatidagi istiqbollari, Yashil atirgul shirasi
(Macrosiphum rosae L.) sonini cheklashdagi ehtimoliy ta’sir mexanizmlari hamda
atirgul o‘simligini biologik himoya qilish tizimida qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib
chiqildi. Ushbu Bacillus thuringiensis K-7 asosidagi biologik vositaning
samaradorligini baholash va manzarali o‘simliklarni ekologik jihatdan xavfsiz
himoya qilish usullarini takomillashtirish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qilishi
mumkin.

Keywords

Bacillus thuringiensis K-7, bioinsektitsid, Yashil atirgul shirasi, (Macrosiphum rosae L.), bionazorat.