BARMOQ IZI TASVIRLARIDA UZILISHLAR VA YETISHMAYOTGAN QISMLAR YUZAGA KELGANDA BIOMETRIK AUTENTIFIKATSIYA TIZIMLARI AXBOROT XAVFSIZLIGINING PASAYISH MEXANIZMLARI VA ULARNI KAMAYTIRISH USULLARI

Article Information

Download PDF

Abstract

Maqolada barmoq izi tasvirida uzilishlar va yetishmayotgan
qismlar paydo bo‘lganda biometrik autentifikatsiya tizimlari axborot
xavfsizligining pasayishi tahlil qilinadi. Minutsiyalarni solishtirish koeffitsiyenti
K = D²/(p·q) asosida analitik model qurilgan: minutsiyalarning f ulushi yo‘qolib,
qolganlarining m ulushi mos kelsa, K = m²(1−f) bo‘ladi. 65 % bo‘sag‘ada
chidash mumkin bo‘lgan yo‘qotish m = 1 da 35 %, m = 0,9 da 19,8 %, soxta
minutsiyalar bilan esa 10,8 % ni tashkil qiladi. Xavfsizlik soxta rad etish,
bo‘sag‘ani tushirish orqali soxta qabulning ortishi, kalitni tiklab bo‘lmasligi kabi
yo‘llar bilan pasayadi. Kamaytirish choralari tizimlashtirilgan.

Keywords

barmoq izi, minutsiya, uzilgan tasvir, biometrik autentifikatsiya, shablon himoyasi, FAR, FRR.