BIOMINERALLANISH JARAYONLARIDA QO‘LLASH UCHUN BIOTEXNOLOGIK ISTIQBOLLI BAKTERIYALARNI TABIIY VA TEXNOGEN SUBSTRATLARDAN AJRATIB OLISH

Article Information

Download PDF

Abstract

Qurg‘oqchil hududlarda tuproq degradatsiyasi va shamol
eroziyasining kuchayishi qumli gruntlarni biologik barqarorlashtirish usullarini
ishlab chiqishni dolzarb vazifaga aylantirmoqda. Shu nuqtayi nazardan, ureaza
faolligiga ega mikroorganizmlarni izlash mikrobial induksiyalangan kalsiy
karbonat cho‘kishi (MICP) texnologiyasi uchun muhimdir. Tadqiqotda beshta tabiiy
va texnogen substrat — Orolqum va Mo‘ynoq qumlari, chorvachilik fermasi
tuprog‘i, sement va beton namunalari mikrobiologik tekshirildi. Tahlil umumqabul
qilingan ketma-ket chegaraviy suyultirish usuli va agarli oziqa muhitlariga ekish
asosida olib borildi. GRM muhitida eng yuqori ko‘rsatkich ferma tuprog‘ida (5,5 ×
10⁶ KHB/g), eng past aniqlangan ko‘rsatkich esa Orolqum namunasida (3,3 × 10⁴
KHB/g) qayd etildi. Keyingi tadqiqotlar davomida ureaza faolligi va kalsiy karbonat
cho‘kishini induksiyalash qobiliyatini baholash maqsadida 20 ta bakterial kultura
tanlab olindi.

Keywords

mikrobiologik skrining, bakterial izolyatlar, ureaza faol bakteriyalar, Orolqum, MICP, biomineralizatsiya, biosementatsiya