BOʻLAJAK PEDAGOGLARNING JISMONIY FAOLLIGINI OSHIRISH — SOGʻLOM TURMUSH TARZIGA TAYYORLASHNING TASHKILIY-FAOLIYATLI MEXANIZMI SIFATIDA
Article Information
Abstract
Tezisda pedagogika yoʻnalishi talabalarini sogʻlom turmush
tarziga tayyorlash tizimida jismoniy faollikni oshirishning tashkiliy-faoliyatli
mexanizmi tavsiflanadi. Uch oliy taʼlim muassasasida 428 nafar talaba ishtirokida
oʻtkazilgan tajriba-sinov asosida sport seksiyalari jadvalini dars jadvaliga
moslashtirish, boshlangʻich daraja guruhlari, «Qadamlar marafoni» va talabavolontyorlar guruhi kabi shakllarning samaradorligi koʻrsatiladi: seksiyalarga
muntazam qatnashuvchilar ulushi 31,3 foizdan 58,4 foizga oʻsdi, faolligi past deb
topilib yoʻnaltirilgan talabalarning 73,1 foizi haftalik meʼyorga erishdi.
Keywords
jismoniy faollik, sogʻlom turmush tarzi, boʻlajak pedagog, sport seksiyalari, tashkiliy-faoliyatli mexanizm, oliy taʼlim.

