BÖLAJAK KIMYO ÖQITUVÇILARIDA KASBIY REFLEKSIYA VA INNOVATSION KOMPETENTLIKNING ÖZARO ALOQADORLIGI

Article Information

Download PDF

Abstract

Mazkur tezisda bölajak kimyo öqituvçilarining kasbiy refleksiyasi
va innovatsion-pedagogik kompetentligi örtasidagi özaro aloqadorlik psixologikpedagogik jihatdan asoslangan. J.Dyui, D.Şyon, D.Kolb, F.Kortxagen va
A.V.Karpov ilmiy qaraşlari asosida refleksiya innovatsion faoliyatni ongli va tizimli
xarakterga keltiruvçi psixologik mexanizm sifatida talqin qilingan. Refleksiyaning
retrospektiv, situativ va perspektiv turlari innovatsion faoliyatning metodni tanlaş,
darsda qöllaş va natijani baholaş bosqiçlari bilan boğlanib, ularning har biri
kompetentlikning motivatsion-qadriyatli, kognitiv, operatsional-faoliyatli va
refleksiv komponentlarini rivojlantirişdagi örni körsatilgan. Kimyo fanini öqitişning
öziga xos jihatlari – laboratoriya tajribasi va raqamli simulyatsiyalar samarasini
öquvçilar tuşunçasi orqali baholaş zarurati hisobga olingan holda refleksiv
faoliyatni taşkil etiş vositalari taklif etilgan. Tezis natijalari bölajak kimyo
öqituvçilarini tayyorlaş jarayonida pedagogik amaliyot va metodik maşğulotlarni
takomillaştirişga xizmat qiladi.

Keywords

kasbiy refleksiya, refleksivlik, innovatsion-pedagogik kompetentlik, bölajak kimyo öqituvçisi, refleksiya turlari.