BOSHLANGʻICH SINFLARDA SUNʼIY INTELLEKT YORDAMIDA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH

Article Information

Download PDF

Abstract

Annotatsiya.
Maqsad — boshlangʻich sinflarda sunʼiy intellektdan nazoratsiz
foydalanish natijasida tayyor javobga qaramlik kuchayishi muammosini
kamaytirish va tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi topshiriqlar samaradorligini
aniqlash. Metodlar — teng boʻlmagan nazorat guruhi dizayni asosidagi uch
bosqichli pedagogik tajriba: aniqlovchi pretest, shakllantiruvchi intervensiya va
nazorat posttesti qoʻllandi. Tajriba guruhida sunʼiy intellekt yordamida javobni
izohlash, dalillash va muqobil yechimlarni solishtirishga yoʻnaltirilgan topshiriqlar
bajarildi. Oʻlchov vositasining ichki izchilligi Cronbach alfa ≥0,70 bilan baholandi;
guruhlararo farq Mann–Whitney U, guruh ichidagi oʻzgarish Wilcoxon testi, taʼsir
hajmi esa r=0,39 orqali tekshirildi. Natijalar — posttest koʻrsatkichlarida tajriba
va nazorat guruhlari oʻrtasidagi farq p≤0,05 darajasida ahamiyatli boʻldi. Xulosa
— sunʼiy intellektni tayyor javob manbai emas, savol berish, dalil izlash va fikrni
asoslashni boshqaruvchi didaktik vosita sifatida qoʻllash boshlangʻich taʼlimda
tanqidiy fikrlashni kuchaytiradi; mazkur yondashuv individualizatsiya va taʼlimni
farqlash uchun uslubiy asos beradi.

Keywords

boshlangʻich taʼlim bosqichi, pedagogik tajriba, raqamli yordamchi, taʼlimni individuallashtirish, tanqidiy tafakkur koʻnikmalari, Oʻzbekiston