BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA MANTIQIY MASHQLARNI RAQAMLI TA’LIM VOSITALARI BILAN INTEGRATSIYALASH METODIKASI
Article Information
Abstract
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf ona tili darslarida mantiqiy mashqlarni raqamli ta’lim vositalari bilan integratsiyalash metodikasining
mazmuni va didaktik imkoniyatlari yoritilgan. Raqamli ta’lim vositalarining
o‘quvchilar bilish faolligini oshirish, mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish
hamda mantiqiy tafakkurini rivojlantirishdagi ahamiyati ilmiy-metodik jihatdan
tahlil qilingan. Xususan, LearningApps va Wordwall platformalarining interaktiv
topshiriqlar yaratish, o‘quv materiallarini vizuallashtirish, bilimlarni mustahkamlash va ta’lim natijalarini baholash imkoniyatlari ochib berilgan. Shuningdek, ushbu
platformalardan foydalanish orqali o‘quvchilarda tahlil qilish, taqqoslash,
guruhlash, umumlashtirish va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

