BUGUNGI KUNDA O‘ZBEKISTONDA ARAB TILINI O‘QITISHDA “AL-MUFASSAL” TERMINOLOGIYASIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI

Article Information

Download PDF

Abstract

Maqolada Mahmud az-Zamaxshariyning “Al-Mufassal fi san’at
al-i’rob” asarida qo‘llangan grammatik terminlarning bugungi kunda
O‘zbekistonda arab tilini o‘qitish jarayonidagi ilmiy-amaliy ahamiyati yoritiladi.
Asardagi an’anaviy nahv va sarf tushunchalarini zamonaviy ta’lim mazmuniga
uyg‘unlashtirish, arabcha terminlarni o‘zbekcha muqobillari bilan qiyosiy o‘rgatish
hamda grammatik bilimlarni kommunikativ ko‘nikmalar bilan bog‘lash masalalari
tahlil qilinadi. Shuningdek, terminologik izchillikni ta’minlash, o‘quvchilarda
grammatik tafakkurni shakllantirish va tarixiy grammatik merosdan samarali
foydalanish bo‘yicha metodik takliflar ilgari suriladi

Keywords

al-Mufassal, Zamaxshariy, arab tili, grammatik terminologiya, nahv, sarf, termin, arab tilini o‘qitish, qiyosiy tahlil