EFIRDAN PLATFORMAGA: RADIOJANRLAR TRANSFORMATSIYASINING NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI

Article Information

Download PDF

Abstract

Maqolada raqamli muhit ta’sirida radiojurnalistika janrlarida
kechayotgan o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Bu o‘zgarishlarni “transformatsiya”
atamasi bilan ifodalashning ilmiy asoslari ko‘rib chiqiladi. Radiojanrlar
tasnifiga oid o‘zbek, rus va g‘arb olimlarining qarashlari qiyoslanadi. “Yoshlar”,
“O‘zbekiston 24”, radiokanallari hamda “Avtoradio” nodavlat radiostansiyasi
eshittirishlari misolida radioxabar, intervyu, reportaj, suhbat va radioportret
janrlarining yangilangan ko‘rinishlari aniqlanadi. Tadqiqot natijasida
radiojanrlarda kechayotgan jarayon uch darajada: modifikatsiya, gibridlashuv
va transformatsiya ko‘rinishida namoyon bo‘layotgani asoslanadi. Shuningdek,
“transformatsiya” atamasini qo‘llash mezonlari taklif etiladi

Keywords

radiojurnalistika, radiojanr, janr transformatsiyasi, gibrid janr, podkast, interaktivlik, konvergensiya, radioformat, storitelling.