EKOLOGIK INQIROZ TALQINI JEANETTE WINTERSONNING “THE STONE GODS” ASARIDA
Article Information
Abstract
Ushbu ilmiy tahlil Jeanette Wintersonning “The Stone Gods”
romanini ekokritika, posthumanizm va postmodern nazariy yondashuvlar doirasida
o‘rganadi. Tadqiqotda ekologik inqirozning falsafiy ildizlari, antropotsentrizm
tanqidi, texnologik progress va uning paradoksal oqibatlari, shuningdek, tsiklik
tarix konsepsiyasi tahlil qilinadi. Asar ekologik falokatni nafaqat tabiiy yoki
iqtisodiy buzilish sifatida, balki inson ongining epistemologik va axloqiy inqirozi
sifatida talqin etadi.
Keywords
Ekokritika, posthumanizm, antropotsentrizm, ekologik inqiroz, tsiklik tarix, Jeanette Winterson, The Stone Gods, texnologiya falsafasi, iqlim o‘zgarishi, postmodern roman

