ELEKTR TA’MINOTI KORXONALARIDA TA’MIRLASH XARAJATLARI HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH
Article Information
Abstract
Mazkur maqolada elektr ta’minoti korxonalarida ta’mirlash
xarajatlari hisobini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari kompleks tarzda
o‘rganilgan. Tadqiqotda ta’mirlash xarajatlarining iqtisodiy mohiyati, ularni
buxgalteriya hisobida aks ettirish amaliyoti hamda mavjud muammolar tahlil qilingan.
Xususan, joriy va kapital ta’mirlash xarajatlarini noto‘g‘ri tasniflash, analitik
hisobning yetarli darajada rivojlanmaganligi hamda reja va fakt xarajatlar o‘rtasidagi
tafovutlarni tizimli tahlil qilinmasligi asosiy muammolar sifatida aniqlangan.
Maqolada ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida ta’mirlash xarajatlarini
aniq tasniflash, asosiy vositalar kesimida analitik hisobni yuritish, maxsus
hisobvaraqlar orqali kengaytirilgan hisob tizimini joriy etish hamda ichki boshqaruv
hisobotlarini shakllantirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Shuningdek,
xalqaro tajribada qo‘llanilayotgan aktivlar hayotiy sikli yondashuvi asosida hisobni
takomillashtirish zarurligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari elektr ta’minoti
korxonalarida moliyaviy hisobotlar ishonchliligini oshirish, xarajatlarni samarali
boshqarish va boshqaruv qarorlarining iqtisodiy asoslanganligini kuchaytirishga
xizmat qiladi

