ESP-NOW ASOSIDAGI MASTER–SLAVE BOSHQARUV ARXITEKTURASI VA KONVEYER BILAN SINXRONLASH ALGORITMLARINI MODELLASHTIRISH
Article Information
Abstract
Maqolada ESP32 mikrokontrollerlari va ESP-NOW protokoli
asosida PUMA tipidagi manipulyator uchun master–slave boshqaruv arxitekturasi,
26 baytlik paket formati (CRC16, ketma-ketlik raqami, heartbeat) va konveyer bilan
sinxronlash algoritmlari (stop-and-pick, moving-pick) taklif etilgan hamda
modellashtirish orqali baholangan. Modelga ko‘ra, master→slave kechikishning
P99 qiymati ≈3,5 ms, 200 Hz setpoint oqimida 30 % paket yo‘qolishi setpointda 1,3°
dan kam og‘ish beradi. Monte-Karlo tajribasida (har bir tezlikda 4000 urinish)
moving-pick kechikish kompensatsiyasi bilan 12 sm/s gacha ≥95 % muvaffaqiyat,
kompensatsiyasiz esa ≈7 sm/s gacha beradi. Natijalar real stendda tasdiqlanishi
kerak.
Keywords
ESP-NOW, master–slave, konveyer, moving-pick, kechikish, manipulyator, modellashtirish.

