FOREIGN LANGUAGE ANXIETY AND ENGLISH ACHIEVEMENT: PSYCHOLOGICAL FACTORS AND PEDAGOGICAL IMPLICATIONS

Article Information

Download PDF

Abstract

Ushbu maqolada xorijiy tilni o‘rganish jarayonida yuzaga keladigan
psixologik xavotir (Foreign Language Anxiety) hamda uning ingliz tilini o‘zlashtirish
darajasiga ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Xususan, kommunikativ
qo‘rquv, salbiy baholanishdan xavotirlanish va imtihon stressining talabalarning til
o‘rganish faoliyati, kognitiv jarayonlari, muloqot ko‘nikmalari va akademik
natijalariga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, xorijiy til xavotiri va ingliz tilini
o‘zlashtirish o‘rtasidagi bog‘liqlik avvalgi ilmiy tadqiqotlar hamda meta-tahlillar
natijalari asosida o‘rganilgan. Maqolada til o‘rganishdagi psixologik to‘siqlarni
kamaytirish, talabalarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash va kommunikativ
kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik yondashuvlar taklif etilgan.
Tadqiqot natijalari ingliz tilini samarali o‘qitishda psixologik qo‘llab-quvvatlash,
qulay ta’lim muhiti va kommunikativ metodlarning muhim ahamiyatga ega ekanligini
asoslaydi.

Keywords

xorijiy til xavotiri, ingliz tilini o‘zlashtirish, kommunikativ qo‘rquv, psixologik omillar, akademik natijalar, o‘ziga ishonch, til o‘rganish psixologiyasi, kommunikativ kompetensiya, pedagogik yondashuvlar.