FROM UNIVERSAL DESIGN TO MEANINGFUL INCLUSION: INTEGRATING UDL AND DIFFERENTIATED INSTRUCTION IN MIXED-ABILITY EFL CLASSROOMS

Article Information

Download PDF

Abstract

Ushbu maqolada ingliz tili xorijiy til sifatida o‘qitiladigan
turli bilim darajasiga ega sinflarda haqiqiy inklyuziv ta’lim muhitini yaratish
uchun Universal ta’lim dizayni (UDL) va differensiallashtirilgan ta’lim (DI)
yondashuvlaridan qanday foydalanish mumkinligi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot
doirasida o‘nta me’yoriy hujjat tahliliga asoslangan to‘rt tarkibiy qismdan
iborat model taklif etilgan. Ushbu model quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Umumiy o‘quv mazmuni.
Teng ishtirokni ta’minlashga qaratilgan ilmiy asoslangan o‘quv yordami.
Til ko‘nikmalari rivojlanishini uzluksiz monitoring qilish. Ta’lim
oluvchilarning mustaqilligi va jamoaga daxldorlik hissi.
O‘qituvchilar uchun amaliy strategiyalar moslashtiriladigan matnlardan
foydalanish, qisqa muddatli o‘quv yordamini ko‘rsatish va mazmunli tanlov
imkoniyatlarini yaratishni o‘z ichiga oladi. Tahlil natijalari UDL
o‘qituvchilarga ta’lim jarayonidagi ehtimoliy to‘siqlarni oldindan aniqlashga
yordam berishini, DI esa o‘qitish jarayonini ta’lim oluvchilarning ehtiyojlariga
moslashtirish imkonini berishini ko‘rsatdi. Shuni ta’kidlash kerakki, inklyuzivlik
faqat ta’lim mashg‘ulotlarida ishtirok etish imkoniyatini ta’minlash bilangina
cheklanmaydi. O‘qituvchilar ta’lim oluvchilar faol ishtirok etadigan,
rivojlanishga erishadigan va o‘zlarini jamoaning muhim a’zosi sifatida his
qiladigan inklyuziv ta’lim muhitini yaratishlari lozim.

Keywords

universal ta’limdizayni, differensiallashtirilgan ta’lim, inklyuziv ingliz tili ta’limi, turli bilim darajasiga ega sinflar, ta’lim oluvchilarning mustaqilligi, mazmunli inklyuzivlik.