GEN AI VOSITALARI ORQALI KIBERXAVFSIZLIK TALABALARIDA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH
Article Information
Abstract
Mazkur ilmiy maqolada kiberxavfsizlik sohasida ingliz tilining
tutgan o’rni hamda uni o’qitishda generativ sun’iy intellekt (GenAI) va katta til
modellari (LLM) imkoniyatlaridan foydalangan holda talabalarda tanqidiy
fikrlash (Critical Thinking) ko’nikmalarini shakllantirish masalalari tahlil
qilinadi. Kiberxavfsizlik sohasida ingliz tili mutaxassisning kasbiy faoliyatida
saqlanib qolish vositasi (“survival skill”) va asosiy texnik instrumenti hisoblanadi.
Maqolada GenAI va LLM vositalarining (ChatGPT, DeepSeek, ParagraphAI) til
o’rganishdagi ikki tomonlama tabiati — tanqidiy fikrlashni boyituvchi (66.67%)
hamda uni susaytiruvchi, kognitiv passivlikka olib keluvchi xatarlari (33.33%)
pedagogik va kognitiv nazariyalar (Blum taksonomiyasi, Vigotskiyning YaRZ
nazariyasi, Pol-Elder kognitiv ramkasi) asosida tadqiq etiladi. TATU Zarafshon
fakulteti kiberxavfsizlik yo’nalishi talabalari uchun texnik ingliz tilini o’qitishda
sun’iy intellektga ko’r-ko’rona tayanib qolishning oldini olish va tanqidiy tahlil
madaniyatini oshirish bo’yicha amaliy pedagogik taklif va tavsiyalar ishlab
chiqilgan.

