GENDER STEREOTIPLARINING TIL VA MADANIYAT KESIMIDAGI NAMOYON BO‘LISHI
Article Information
Abstract
Mazkur maqolada reklama diskursida gender stereotiplarining
lingvistik, pragmatik va lingvomadaniy xususiyatlari tadqiq etiladi. Tadqiqotning
maqsadi gender reprezentatsiyasining leksik-semantik, sintaktik va diskursiv
vositalar orqali ifodalanish mexanizmlarini hamda ularning ijtimoiy-madaniy
omillar bilan aloqadorligini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda qiyosiy-lingvistik,
kontekstual, semantik va pragmatik tahlil metodlaridan foydalaniladi. Tahlil
natijasida reklama matnlarida gender stereotiplari milliy qadriyatlar, ijtimoiy
me’yorlar va madaniy identifikatsiya bilan uzviy bog‘liq holda shakllanishi,
shuningdek, verbal va noverbal vositalar orqali mustahkamlanishi yoki qayta talqin
qilinishi asoslanadi.
Keywords
reklama diskursi, gender stereotiplari, gender reprezentatsiyasi, lingvopragmatika, lingvomadaniyat, ijtimoiy qadriyatlar.

