GENETIK MANIPULYATSIYALASHNING JAMIYAT IJTIMOIY INQIROZLARGA TA’SIRI: QADRIYATLAR TRANSFORMASIYASI VA AVLODLARARO O‘ZLIK MUAMMOSI
Article Information
Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy genetik manipulyatsiya va genom
tahrirlash texnologiyalarining jamiyatdagi ijtimoiy inqirozlarga ko‘rsatadigan ko‘p
qirrali ta’siri ijtimoiy-falsafiy va madaniyatshunoslik nuqtai nazaridan tahlil
qilinadi. Tadqiqotda globallashuv sharoitida biotexnologik aralashuvlarning
an’anaviy qadriyatlar tizimi, avlodlararo madaniy vorisiylik va insonning o‘zlikni
anglash jarayonlarida keltirib chiqarayotgan aksiologik ziddiyatlari ochib berilgan.
Tizimli tahlil, qiyosiy-falsafiy yondashuv va 3D fazoviy modellashtirish usullari
orqali biologik tengsizlikning ijtimoiy tabaqalanishga aylanish mexanizmlari
asoslab berilgan hamda madaniy-ma’naviy merosni asrashning bioetik tamoyillari
ishlab chiqilgan.
Keywords
genetik manipulyatsiya, ijtimoiy inqiroz, qadriyatlar transformatsiyasi, avlodlararo tafovut, o‘zlikni anglash, madaniy meros, bioetika, globallashuv

