GEPATIT C VIRUSI DIAGNOSTIC MARKERLARINING ZAMONAVIY KO‘RINISHI

Article Information

Download PDF

Abstract

Maqolada gepatit C virusi (HCV) diagnostikasining zamonaviy
yondashuvlari ko’rib chiqiladi. Virus dunyoda taxminan 60 million kishida uchraydi
va jigar sirrozi hamda gepatosellular karsinoma rivojlanishiga olib keladi.
Kasallikning uzoq vaqt belgisiz kechishi va diagnostika vositalarining iqtisodiy
jihatdan yetarlicha ochiq emasligi erta aniqlashni qiyinlashtiradi. Tahlilda
diagnostik usullar ishlash prinsipiga ko’ra uch guruhga ajratilgan.
Ekspress testlar bo’yicha Xpert HCV Viral Load Fingerstick va quritilgan qon
tomchisi (DBS) usullari ko’rsatkichlari keltirilgan: ikkala usulda ham sezgirlik 97-
100%, o’ziga xoslik 99-100% oralig’ida bo’lgan. Serologik yo’nalishda maltoza
bog’lovchi oqsil bilan birikkan multiepitop HCV oqsiliga asoslangan yangi IFA
(ELISA) to’plami tavsiflangan (sezgirlik 98%, o’ziga xoslik 97%). Molekulyar
usullar bo’limida Abbott RealTime HCV Genotype II, Abbott HCV Genotype Plus
RUO va Roche Cobas HCV Genotyping to’plamlari 743 ta namunada NGS
standartiga nisbatan solishtirilgan. Abbott HCV Genotype Plus RUO boshqa
to’plamlar genotip aniqlay olmagan 14 ta namunadan 13 tasini (92,9%) farqlagan.

Keywords

HCV; gepatit C virusi; HCV RNK si; mikrofluidika; immunoferment tahlil (ELISA); maltoza bog’lovchi oqsil; nospetsifik bog’lanish; diagnostik testlash; quritilgan qon tomchisi; bemor yonida o’tkaziladigan tekshiruv; tizimli sharh; xarajat samaradorligi tahlili; yuqumli kasalliklar; lateral oqim tahlili; tezkor diagnostik test; genotip; aralash infeksiya; yangi avlod sekvenslash (NGS).