GIS VA MASOFADAN ZONDLASH TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA NAMANGAN VILOYATINING AGROIQLIMIY O‘ZGARISHLARINI KARTALASHTIRISH
Article Information
Abstract
Mazkur tezisda geografik axborot tizimlari (GIS/GAT) va masofadan zondlash texnologiyalari asosida Namangan viloyatining agroiqlimiy o‘zgarishlarini hududiy tahlil qilish va kartalashtirish metodikasi yoritiladi. Tadqiqotda
sun’iy yo‘ldosh tasvirlari, meteorologik kuzatuvlar, vegetatsiya indekslari, yer yuzasi harorati hamda yog‘in ma’lumotlarini integratsiyalash imkoniyatlari ko‘rib
chiqiladi. NDVI, LST va yog‘in anomaliyalari asosida ekinlar vegetatsiyasi, issiqlik
stressi va qurg‘oqchilik xavfining hududiy tafovutlarini aniqlashga alohida e’tibor
qaratiladi. O‘zbekistonning sug‘oriladigan hududlarida 2001–2020-yillardagi yer
degradatsiyasini masofadan zondlash asosida baholagan ilmiy tadqiqot natijalari
metodologik asos sifatida tahlil qilinadi. Natijada Namangan viloyati tumanlarining
agroiqlimiy holatini monitoring qilish, raqamli tematik xaritalar yaratish va qishloq
xo‘jaligini iqlim o‘zgarishiga moslashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi

