INGLIZ-O‘ZBEK ILMIY-TEXNIK TARJIMASIDA TERMINOLOGIK EKVIVALENTLIK VA DISKURSIVPRAGMATIK TRANSFORMATSIYALARI
Article Information
Abstract
Ushbu maqolada ingliz tilidan o‘zbek tiliga ilmiy-texnik diskurs
tarjimasida yuzaga keladigan leksik-semantik va diskursiv-pragmatik
transformatsiyalar nazariy va qiyosiy jihatdan o‘rganiladi. Terminologik ekvivalentlik,
kontekstual ma’no, polisemiya, modal ma’no, epistemik ehtiyotkorlik hamda muallif
pozitsiyasini saqlash masalalari tarjima sifati bilan bog‘liq holda talqin qilinadi.
Korpusga asoslangan yondashuv va sun’iy intellekt vositalari yordamida tarjimani
tahlil qilishning integrativ mezonlari taklif etiladi. Inglizcha-o‘zbekcha misollar
terminologik variant tanlash, ma’no torayishi yoki kengayishi, modal ma’noning
kuchayishi va pasayishi kabi hodisalarni namoyish etadi
Keywords
ilmiy-texnik diskurs, tarjima transformatsiyasi, leksik-semantik tahlil, diskursiv pragmatika, terminologik ekvivalentlik, parallel korpus, sun’iy intellekt, modallik.

