INGLIZCHA ONLAYN MULOQOTDA HISSIYOTLARNI IFODALASHNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI
Article Information
Abstract
Mazkur tezisda ingliz tilidagi onlayn muloqot jarayonida
hissiyotlarni ifodalashning lingvistik va lingvokulturologik xususiyatlari tahlil
qilinadi. Raqamli kommunikatsiya sharoitida emotsional mazmunni yetkazishda
so‘zlar, qisqartmalar, emojilar, tinish belgilari, undovlar va turli norasmiy til
birliklarining o‘rni yoritiladi. Shuningdek, ingliz tilida ijobiy va salbiy hissiyotlarni
ifodalash usullari, ularning madaniy kontekst bilan aloqasi hamda onlayn
muloqotda pragmatik ma’no hosil qilish xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Inglizzabon
internet muhitida qo‘llaniladigan LOL, OMG, BTW, I’m so happy, That’s awesome
kabi birliklar misolida tilning ixchamlashuvi va emotsional ifoda imkoniyatlari
tavsiflanadi. Tadqiqot natijasida onlayn hissiy muloqotni to‘g‘ri talqin qilishda til
birliklarining lug‘aviy ma’nosi bilan bir qatorda, ularning vaziyatga, suhbatdoshlar
munosabatiga va madaniy me’yorlarga bog‘liqligini hisobga olish zarurligi
asoslanadi.

