IQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI EKOLOGIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Article Information
Abstract
Maqolada iqlim o‘zgarishi sharoitida ekologik madaniyatni
shakllantirishning pedagogik va metodik imkoniyatlari tahlil qilingan. Ekologik
ta’lim mazmunini iqlimiy bilimlar bilan integratsiyalash, ekologik bilimlarni
shaxsning kundalik xulq-atvori, qadriyatlari va amaliy faoliyati bilan bog‘lash
masalalari yoritilgan. O‘zbekiston Respublikasida ekologik ta’lim va ekologik
madaniyatni rivojlantirishga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar mazmuni asosida
uzluksizlik, fanlararo integratsiya, amaliy yo‘naltirilganlik hamda mahalliy
ekologik muammolarga yo‘naltirilganlik tamoyillarining pedagogik ahamiyati
ochib berilgan. Shuningdek, ekologik bilim, anglash, qadriyat, mas’uliyat, faoliyat
va natija bosqichlarini qamrab oluvchi ekologik madaniyatni shakllantirishning
pedagogik modeli taklif etilgan. Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq mavzularni o‘qitishda
T-sxema, Baliq skeleti, Qor bo‘roni, Rotatsiya, Nilufar guli, FSMU, muammoli
ta’lim va loyiha metodlaridan foydalanish imkoniyatlari metodik jihatdan
asoslangan. Taklif etilgan yondashuvlar ekologik ta’limning mazmunini
takomillashtirish, o‘quvchilarda ekologik mas’uliyat hamda barqaror turmush
tarziga oid ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun nazariy-metodik asos bo‘lib xizmat
qilishi mumkin.

