IQTISODIYOT TALABALARINING KASBIY TAYYORGARLIGIDA NEMIS TILINING AHAMIYATI
Article Information
Abstract
Ushbu ishda iqtisodiyot yo’nalishi talabalarining kasbiy
tayyorgarligida nemis tilining o’rni va ahamiyati o’rganiladi. Germaniya
iqtisodiyotining Yevropa va jahon miqyosidagi yetakchi o’rni, nemis
kompaniyalarining global bozordagi faolligi, shuningdek, xalqaro savdo,
investitsiya va ilmiy hamkorliklarda nemis tilining qo’llanilishi tahlil qilinadi.
Ishda talabalar uchun nemis tilini o’rganishning kasbiy afzalliklari – ishga
joylashish imkoniyatlarining oshishi, xorijiy stajirovka va grantlarda ishtirok
etish, professional adabiyotlar bilan tanishish kabi jihatlari ko’rsatib beriladi.
Xulosa qilib aytganda, zamonaviy iqtisodchi mutaxassislar uchun nemis tili
majburiy emas bo’lsa-da, yuqori raqobatbardoshlik va karyera muvaffaqiyati
uchun muhim omil hisoblanadi

