JAMIYAT MADANIYATI VA SUBMADANIYATLAR O‘ZARO MUNOSABATI
Article Information
Abstract
Ushbu maqolada globallashuv va raqamli axborot muhitining
jadal rivojlanishi sharoitida jamiyatning dominant milliy madaniyati hamda turli
ijtimoiy-yoshlar submadaniyatlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar dialektikasi
ijtimoiy-falsafiy va kulturologik nuqtai nazardan tahlil qilingan. Tadqiqotning
maqsadi submadaniyatlarning paydo bo‘lish omillari, ularning umumjamiyat
qadriyatlari bilan integratsiyalashuv yoki ziddiyatga kirishish mexanizmlarini
aniqlash hamda milliy-madaniy meros va o‘zlikni asrash yo‘llarini asoslashdan
iborat. Maqolada tizimli, qiyosiy-falsafiy, aksiologik va 3D modellashtirish
usullaridan foydalanilgan. Natijada milliy madaniyatning o‘zak qadriyatlarini
saqlagan holda zamonaviy submadaniyatlar bilan konstruktiv madaniy dialog
o‘rnatishning konseptual modeli ishlab chiqilgan.

