JURNALISTNING JONLI EFIR JARAYONIDAGI PSIXOLOGIK HOLATI: STRESS OMILLARI VA O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH MEXANIZMLARI
Article Information
Abstract
Maqolada jurnalistning jonli efir jarayonidagi psixologik
holati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Rus, o‘zbek hamda xorijiy
tadqiqotlar asosida efirdan oldingi, efir vaqtidagi va efirdan keyingi
bosqichlardagi stress omillari, emotsional zo‘riqishning kognitiv, nutqiy va
fiziologik ko‘rinishlari tavsiflanadi. Jonli efirning improvizatsion tabiati, montaj
imkoniyatining yo‘qligi va ommaviy auditoriya oldidagi mas’uliyat jurnalist
psixikasiga qo‘shimcha yuklama berishi asoslanadi. Stressga chidamlilikning
tug‘ma va ongli tarkibiy qismlari ajratilib, jurnalistlarning psixologik
tayyorgarligini oshirishga oid amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Keywords
jonli efir, jurnalist, psixologik holat, stress, stressga chidamlilik, emotsional o‘zini o‘zi boshqarish, improvizatsiya, kasbiy tayyorgarlik.

