KO‘PFAKTORLI REGRESSIYA MODELINING ISHLASH PRINSIPI VA AMALIY QO‘LLANILISHI
Article Information
Abstract
Ushbu tezisda ko‘pfaktorli regressiya modelining mohiyati, ishlash prinsipi va amaliy masalalarni yechishda qo‘llash mexanizmi ko‘rib chiqiladi.
Ko‘pfaktorli regressiya biror natijaviy ko‘rsatkichga bir vaqtning o‘zida ta’sir etuvchi bir nechta omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni matematik jihatdan ifodalash imkonini beradi. Tadqiqotda regressiya modelining umumiy ko‘rinishi, regressiya koeffitsiyentlarini aniqlash, eng kichik kvadratlar usuli, modelning statistik ahamiyatini
baholash hamda prognozlash jarayoni yoritiladi. Shuningdek, determinatsiya koeffitsiyenti, o‘rtacha absolyut xatolik va ildiz-o‘rtacha-kvadrat xatolik kabi mezonlarning model sifatini baholashdagi ahamiyati ko‘rsatiladi. Ko‘pfaktorli regressiya usuli
iqtisodiyot, texnologiya, ishlab chiqarish, ekologiya, energetika va boshqa ko‘plab
sohalarda ma’lumotlar asosida qaror qabul qilish uchun samarali matematik vosita
hisoblanadi.

