MA’NAVIY TARBIYADA SI TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI VA CHEGARALARI
Article Information
Abstract
Ushbu maqolada globallashuv va raqamli transformatsiya
sharoitida yosh avlodning ma’naviy tarbiyasida sun’iy intellekt (SI)
texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik-falsafiy imkoniyatlari hamda
axloqiy chegaralari tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi milliy til, madaniy meros
va ma’naviy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirishda raqamli algoritmlarning
ko‘makchi vosita sifatidagi salohiyatini ochib berish, shu bilan birga, jonli insoniy
muloqot va axloqiy tarbiyaning algoritmlashuviga yo‘l qo‘ymaslik mezonlarini
asoslashdan iborat. Maqolada qiyosiy-falsafiy, aksiologik, tizimli va 3D
modellashtirish usullaridan foydalanilgan. Natijada ma’naviy tarbiyada SI
texnologiyalarini qo‘llashning axloqiy-normativ chegaralari va milliy o‘zlikni
asrashga qaratilgan muvozanatli modeli ishlab chiqilgan.

