MEHNAT MIGRATSIYASINING KONSEPTUAL MUAMMOLARI
Article Information
Abstract
Maqolada tashqi mehnat migratsiyasini ilmiy jihatdan
o‘rganishdagi konseptual qiyinchiliklar uch daraja bo‘yicha tahlil qilinadi. Ular
terminologik noaniqlik, nazariy ko‘plik va tarixiy-metodologik ziddiyatlardir.
Muallif ushbu muammolar faqat akademik emas, balki amaliy ahamiyatga ega
ekanligini, chunki ular migratsiya hodisasini o‘lchash va unga oid davlat
siyosatini shakllantirishga bevosita ta’sir qilishini ko‘rsatadi. O‘zbekiston
misolida bir xil hodisaga oid rasmiy ko‘rsatkichlarning sezilarli tafovuti
konseptual muammoning amaliy namoyishi sifatida keltiriladi. Xulosada
migratsiyani o‘rganishda yagona hamda shaffof ta’riflarga tayanuvchi va
raqobatlashuvchi nazariyalarni bir-birini to‘ldiruvchi deb qaraydigan tarixiyinstitutsional integrativ yondashuvning zarurligi asoslanadi.

