MILLIY CHOLG‘ULAR JO‘RLIGIDA O‘QUVCHILARNING JO‘RNAVOZLIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK-METODIK ASOSLARI
Article Information
Abstract
ushbu maqolada musiqa to‘garaklari faoliyatida
o‘quvchilarning milliy cholg‘ular jo‘rligida jo‘rnavozlik ko‘nikmalarini
shakllantirishning pedagogik va metodik asoslari yoritilgan. Jo‘rnavozlik
faoliyatining mazmuni, uning o‘quvchilarning musiqiy-ijrochilik qobiliyatlari,
ritmik sezgisi, eshitish madaniyati, jamoaviy ijro va ijodiy hamkorlik
ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, milliy
cholg‘ular imkoniyatlaridan foydalanish, o‘quvchilarning yosh va individual
xususiyatlarini hisobga olish, ijro jarayonida musiqiy muvozanatni ta’minlash
hamda ansambl bilan ishlashga yo‘naltirilgan metodik yondashuvlar
asoslangan. Maqolada jo‘rnavozlik ko‘nikmalarini shakllantirishning asosiy
tarkibiy qismlari, pedagogik shart-sharoitlari va bosqichlari tizimlashtirilgan.
Taklif etilgan metodik yondashuv musiqa to‘garaklarida milliy cholg‘ular
vositasida o‘quvchilarning musiqiy savodxonligi, ijrochilik tajribasi va jamoaviy
ijro madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

