MIRZACHO‘L VOHASI MALAKOFAUNASINI O‘RGANILISH TARIXI VA HOZIRGI HOLATI
Article Information
Abstract
Ushbu maqolada Mirzacho‘l vohasi quruqlik va chuchuk
suv mollyuskalari (malakofaunasi)ni o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy
tadqiqotlarning tarixiy bosqichlari, asosiy yo‘nalishlari va hozirgi holati batafsil
tahlil qilingan. Vohaning o‘ziga xos ekologik sharoiti va antropogen omillar
ta’sirida malakofauna tarkibida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, xususan,
Hygramiidae, Enidae, Lymnaeidae va Planorbidae oilalari vakillarining
tarqalish qonuniyatlari yoritilgan. Tadqiqotlar tahlili asosida malakofaunaning
bioindikatorlik hamda parazitologik ahamiyati baholangan va kelgusidagi
dolzarb vazifalar belgilab berilgan.
Keywords
Mirzacho‘l vohasi, malakofauna, quruqlik mollyuskalari, chuchuk suv mollyuskalari, Hygramiidae, parazitologiya, antropogen omillar, o‘rganilish tarixi, bioindikator.

