OʻZBEK TILIDA NUTQIY BUZILISHLAR VA ULARNI LOGOPEDIK MASHQLAR ORQALI BARTARAF ETISH
Article Information
Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek tilida kuzatiladigan nutqiy buzilishlarning lingvistik,
psixolingvistik va logopedik xususiyatlari hamda ularni maxsus logopedik mashqlar
orqali korreksiyalash imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan yoritiladi. Nutqiy
buzilishlarning asosiy turlari, jumladan, dislaliya, dizartriya, alaliya, afaziya,
rinolaliya va duduqlanishning yuzaga kelish omillari, nutq faoliyatiga ta’siri hamda
ularning fonetik-fonologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘zbek tilining
artikulyatsion va fonologik tizimiga moslashtirilgan logopedik mashqlar,
tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, fonematik idrokni rivojlantirish, nutqiy nafasni
boshqarish va bog‘lanishli nutqni shakllantirishga qaratilgan korreksion usullar
ko‘rib chiqiladi. Nutqiy buzilishlarni bartaraf etishda individual yondashuv,
bosqichma-bosqich mashq qildirish hamda lingvistik va logopedik metodlarni
o‘zaro uyg‘unlashtirishning ahamiyati asoslanadi. Tadqiqotda o‘zbek tilining
milliy-fonetik xususiyatlarini hisobga olgan holda logopedik mashqlar tizimini
takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratiladi

