OKSIDLANGAN MIS RUDALARI TARKIBIDAGI OLTIN VA KUMUSHNI GRAVITATSION BOYITISH USULIDA AJRATIB OLISHNING TEXNOLOGIK IMKONIYATLARINI TADQIQ QILISH
Article Information
Abstract
Oksidlangan mis rudalari tarkibidagi qimmatbaho metallarni
samarali ajratib olish mineral xomashyodan kompleks foydalanishning dolzarb
masalaridan biri bo’lib kelmoqda. Ayniqsa, oltin va kumushni ularning fizik
xususiyatlari, jumladan, zichlik farqidan foydalanib gravitatsion boyitish usulida
ajratish muhim texnologik ahamiyatga ega. Gravitatsion boyitish jarayonida
mineral zarrachalarning o‘lchami, zichligi va erkinlanish darajasi ajratish
samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Konsentratsion stol, jig konsentratori
hamda markazdan qochma separatorlardan foydalanish orqali qimmatbaho
metallarni konsentrat tarkibida to‘plash imkoniyatlari mavjud. Mazkur
texnologiyaning afzalliklari va cheklovlarini o‘rganish oksidlangan mis rudalarini
kompleks qayta ishlash samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi

