OQIM-ASOSIDAGI HUJUMLARNI ANIQLASH TIZIMLARIDA YORLIQ SIZISHINI NAZORATLI ZOND USULIDA MIQDORIY O‘LCHASH
Article Information
Abstract
Tezisda NetFlow-benchmark to‘plamlarida port
identifikatorlarining hujum yorlig‘i o‘rnini bosuvchi sifatida ishlashini miqdoriy
isbotlovchi nazoratli sizish-zond usuli bayon etiladi. Usul besh qadamdan iborat
bo‘lib, talqin mutlaq ko‘rsatkichga emas, same va cross-dataset rejimlar orasidagi
farqga tayanadi. NF-BoT-IoT-v2 da faqat portlarda o‘qitilgan zond same-dataset
rejimda PR-AUC = 1,0000, cross-dataset rejimda esa 0,0613 (ROC-AUC 0,998 →
0,615) ko‘rsatdi. Bu farq sizish hajmining bevosita o‘lchovidir. Natija port
raqamlarini uch semantik toifagacha soddalashtirish va baholashni majburiy crossdataset rejimda o‘tkazish qarorlarini eksperimental asoslaydi.
Keywords
tarmoq hujumlarini aniqlash, NetFlow, yorliq sizishi, shortcut, nazoratli zond, cross-dataset baholash.

