O‘RTA TA’LIM TASHKILOTI PEDAGOGLARINING KONSTRUKTIV TASHABBUSKORLIGINI BOSHQARISHNING NAZARIY ASOSLARI

Article Information

Download PDF

Abstract

Mazkur tezisda umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti
pedagoglarining konstruktiv tashabbuskorligini boshqarishning nazariy asoslari
tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi konstruktiv tashabbuskorlik mazmunini
ochib berish, uning tarkibiy komponentlarini asoslash hamda mavjud boshqaruv
mexanizmlarini takomillashtirishga oid yondashuvlarni yoritishdan iborat.
Tadqiqotda nazariy va qiyosiy tahlil, umumlashtirish metodlaridan foydalanildi.
Konstruktiv tashabbuskorlik pedagogning ta’lim jarayonidagi muammolarni
aniqlash, asoslangan takliflar ishlab chiqish, ularni amalga oshirish va
natijalarni baholashga tayyorligini ifodalovchi integrativ kasbiy-shaxsiy sifat
sifatida talqin qilinadi. Uning to‘rt komponentli tarkibi hamda mavjud boshqaruv
mexanizmlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan jarayon yoritiladi.

Keywords

konstruktiv tashabbuskorlik, pedagogik faoliyat, pedagogning kasbiy subyektligi, ta’lim menejmenti, boshqaruv mexanizmlari.