“O‘TKAN KUNLAR “ VA “YALDO KECHASI “ ASARLARIDA YOSH QAHRAMONLAR RUHIYATI TASVIRI VA KONSEPSIYASI

Article Information

Download PDF

Abstract

Ushbu maqolada oʻzbek adabiyotining gultoji bo‘lgan
Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” romani va Xayriddin Sultonovning
“Yaldo kechasi” asarlaridagi yosh qahramonlar ruhiyati va konsepsiyasi
badiiy – psixologik jihatdan tadqiq etilgan. Maqolada har ikki yozuvchining
inson ichki dunyosini ochishdagi mahorati, xususan, yosh yigit – qizlarning
taqdiri va ruhiy iztiroblari orqali davrning oʻtkir ijtimoiy – ma’naviy
muammolarini aks ettirishi yoritilgan. Tahlil jarayonida Qodiriy
qahramonlaridagi milliy – ma’rifiy burch hamda Xayriddin Sultonov
qahramonlariga xos boʻlgan lirik tushkunlik va yolgʻizlik tuygʻulari oʻzaro
qiyoslangan.

Keywords

ruhiy tahlil, badiiy ramz, fojiaviylik, oʻzlikni anglash, lirik – falsafiy uslub, an'anaviylik va zamonaviylik, yoshlar konsepsiyasi