O‘ZBEK VA INGLIZ VIRTUAL DISKURSIDA IMPLIKATURALARNING IFODALANISH VOSITALARI

Article Information

Download PDF

Abstract

Annotatsiya.
Hozirgi rivojlanayotgan davrda o‘zbek va ingliz tillaridagi virtual
diskursda implikaturalarning ifodalanish vositalari qiyosiy-pragmatik jihatdan
muhumahamiyat kasb etadi. Raqamli kommunikatsiya jarayonida mazmun faqat
bevosita lingvistik birliklar orqali emas, balki kontekst, kommunikativ vaziyat,
qisqartmalar, punktuatsiya, emoji, GIF, mem va boshqa multimodal vositalar
yordamida ham shakllanadi. Tadqiqotda implikaturani yuzaga keltiruvchi leksik,
grammatik, stilistik hamda multimodal vositalarning o‘zbek va ingliz virtual
diskursidagi funksional xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, virtual
muloqotda adresantning yashirin ma’noni ifodalash strategiyalari va adresatning
ushbu ma’noni kontekst asosida inferensiyalashi masalalariga e’tibor qaratiladi.

Keywords

virtual diskurs, implikatura, pragmatika, o‘zbek tili, ingliz tili, multimodallik, emoji, GIF, mem, qisqartma, yashirin ma’no, kommunikativ kontekst.